Amur viloyati gubernatori bilan uchrashuv oʻtkazildi

11:57 23 Avgust 2022 Jamiyat
552 0

Yurtdoshlarimiz ish va yashash sharoitlarini oʻrganish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasida boʻlib turgan respublika ishchi guruhi Amur viloyati gubernatori V.Orlov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Amur viloyati va Oʻzbekiston oʻrtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalarining joriy holati, uni yanada rivojlantirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar hamda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha muzokara oʻtkazildi.

Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Blagoveщyensk shahrida yangi tashkil etilgan vakillik institutining faoliyati, maqsad va vazifalari, mahalliy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ishchi guruh tashrifi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер