Amirxon Sodiqov “nishon”ga urdi. U keyingi bosqichda
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkaklar oʻrtasida kamondan oʻq otish bahslarida qatnashayotgan sportchimiz Amirxon Sodiqov “Parij-2024”dagi ishtirokini davom ettiradigan boʻldi.
Umidli merganimiz argentinalik Damian Jarabilla bilan toʻqnash keldi. Birinchi setdagi omadsizlikdan soʻng ketma-ket 3 ta setni oʻziniki qilib, 6:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Sodiqov 17:10 dan soʻng 1/16 finalda italiyalik Mauro Nespoliga qarshi bahs olib boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring