Amerika—Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yigʻilishi oʻtkazildi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
“Maxsus vakil, elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yigʻilishi oʻtkazilganini maʼlum qilishdan mamnunman”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Maʼlum qilishicha, muhokamalar samarali va istiqbolga yoʻnaltirilgan tarzda oʻtgan.
“Oldinda bizni har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda”, — deb qoʻshimcha qilgan Prezident Administratsiyasi rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring