Amerikalik repper peshonasiga 24 million dollarlik olmos qoʻydirishga qaror qildi

15:31 01 Fevral 2021 Dunyo
1086 0

Sahnada Lil Uzi Vert nomi bilan mashhur amerikalik xip-xop ijrochisi Saymir Vuds peshonasiga 24 million dollarlik olmos oʻrnatishga qaror qildi. Bu haqda u oʻzining Twitter sahifasida maʼlum qilgan.

Revolt nashrining xabariga koʻra, repper 10 karatli pushti olmos sotib olgan. U 2017-yilda birinchi marta pushti rangli haqiqiy olmosni koʻrgan va shundan keyin pul jamgʻarishni boshlagan. Izohlanishicha, olmos uning barcha mol-mulki, uyi va mashinalaridan, shu jumladan, “Bugatti Veyron Grand Sport” avtomobilidan ham qimmatroq.

Toshni repperning peshonasiga mashhurlar bilan ishlaydigan taniqli zargar Elliot Elliante oʻrnatadi.

Eslatib oʻtamiz, 26 yoshli Lil Uzi Vert “Money Longer” debyutidan soʻng tanildi. 2017-yilda uning XO TOUR Llif3 qoʻshigʻi eng yaxshi qoʻshiqlarning 10 taligiga kirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер