Amerikalik milliarder «Titanik»ni koʻrish uchun suv ostiga sayohat qilmoqchi
Foto: The Connor Group
Amerikalik koʻchmas mulk milliarderi va dengiz tadqiqotchisi Larri Konnor «Titanik»ni oʻrganish uchun suv ostiga sayohat qilishni rejalashtirmoqda.
Larri Konnor va «Triton Submarines» asoschilaridan biri Patrik Lahey Shimoliy Atlantika okeanida halokatga uchragan «Titanik» kemasi qoldiqlarini koʻrish uchun taxminan 3800 metr chuqurlikka sayohat qilmoqchiligini maʼlum qildi. Milliarderlar sayohat tashkilot tomonidan toʻliq sertifikatlangandan keyin boshlanishini aytgan.
Sayohatchilar «4000/2 Abyssal Explorer» deb nomlangan kichik kemadan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Oʻtgan yili «OceanGate» tomonidan yaratilgan kema «Titanik» tomon ketayotganda portlab ketib, 5 kishi halok boʻlgandi. Ushbu fojiada «OceanGate» kompaniyasining 61 yoshli ijrochi direktori Stokton Rash hayotdan koʻz yumgandi.
Ushbu halokatdan keyin suv osti sayohati sanoati inqirozga yuz tutib, odamlarda qoʻrquv paydo boʻldi. Keyinroq kema rahbari baʼzi xavfsizlik qoidalarga rioya etmagani maʼlum qilindi. Hozirda AQSH va Kanada rasmiylari tomonidan tergovlar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring