Amerikada 105 yoshdan kattalar oʻrtasida yugurish boʻyicha jahon rekordi oʻrnatildi
AQSHda oʻtgan “Luiziana oʻyinlari” musobaqasida muxlislar eʼtiborli voqelikka guvoh boʻlishdi.
Unda ishtirok etgan Julia “Hurricane” Xovkins 105 yoshdan kattalar oʻrtasida jahon rekordini oʻrnatdi.
Ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurishda oʻrnatilgan yangi rekord 1:02.95 daqiqani tashkil etmoqda.
Musobaqadan soʻng Xovkins xonim kelajakda 1 daqiqadan ham kamroq vaqt bilan oʻz rekordini yangilashni niyat qilgani haqida aytib oʻtgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring