Amazon kompaniyasining Kaliforniyadagi omborida yongʻin chiqdi

23:51 06 Iyun 2020 Dunyo
1256 0

Amazonʻning Kaliforniya shtati Redlendc shahridagi (AQSH) tarqatish markazida yongʻin chiqdi.

Mahalliy yongʻin xizmatining maʼlum qilishicha, hodisa sabab jabrlanganlar yoʻq. Yongʻin tufayli omborxonaning barcha boʻlimlari va tom qism qulab tushgan. Binoda boʻlgan 100 ga yaqin xodimlar esa voqea joyidan mustaqil ravishda chiqishgan.

Hozirda yongʻinga qarshi turli tizimlar bilan jihozlangan yangi omborxona binosida sodir boʻlgan yongʻin sabablari aniqlanmoqda.

Amazon vakillarining taʼkidlashicha, voqea mijozlarga tovarlarni yetkazib berish ximatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi. Buyurtmalar boshqa omborxonalardan yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер