Aloqa markazi orqali “Toshkent” aeroporti xizmatlarini xarid qilish imkoniyati paydo boʻldi
Uzbekistan Airports yagona aloqa markazi Toshkent xalqaro aeroportida xizmatlar uchun toʻlovlarni qabul qila boshladi. Endi yoʻlovchilar telefon orqali ANOR va CIP zallari, shuningdek Fast Track xizmatini xarid qilishlari mumkin.
Ushbu xizmatlarni xarid qilish uchun siz +99855 501 47 50 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz va operatorga yoʻlovchining toʻliq ismi, joʻnab ketish sanasi, parvoz raqami va aloqa telefonini aytishingiz kerak. Koʻrsatilgan telefon raqamiga xizmat tavsifi va Payme toʻlov tizimi orqali toʻlash uchun havola koʻrsatilgan SMS yuboriladi. Agar Payme mobil ilovasi oʻrnatilmagan boʻlsa, toʻlash uchun kartangiz maʼlumotlarini kiritishingiz lozim. Aeroportda yoʻlovchi toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatiladigan joyga murojaat qilishi, parvoz raqami va toʻliq ismini koʻrsatishi kerak.
Bu tarzda siz UzCard yoki Humo bank kartalari orqali xizmatlar uchun, milliy valyutada toʻlov amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, yoʻlovchilar barcha turdagi xizmatlarni joʻnashdan oldin terminal kassalarida xarid qilishlari va toʻlovlarni, shu jumladan naqd pulda va Visa, Mastercard va boshqalar orqali amalga oshirishlari mumkin.
Yaqin kelajakda Oʻzbekistonning boshqa xalqaro aeroportlarida ham xizmatlar uchun haq toʻlashning ushbu usulini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring