Aʼlochi oʻquvchilarga deputat stipendiyasi topshirildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Olimxon Boboxonov Namangan shahridagi 1- Davlat ixtisoslashgan maktab internati oʻquvchilari bilan uchrashuvga keldi. Muloqot davomida bugungi kunda Respublikamizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi , kelajagimiz vorislarining bilim olish va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida soʻz yuritildi.
Uchrashuv soʻnggida Hindistonning Sharda Universitetiga imtiyozli qabul qilingan 11-sinf oʻquvchisi Samandar Ummataliyev va matematika fanidan oʻtkazilgan fan olimpiadasi viloyat bosqichi gʻolibi, 7-sinf oʻquvchisi Sardor Bahriddinovga deputat stipendiyasi hamda ularning ota-onalariga tashakkurnoma topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring