Almatida bosh sanitar vrach lavozimidan chetlashtirildi. Uning oʻrniga “va nihoyat”...
Qozogʻistonning Almati shahri bosh sanitar vrachi Ayzat Moldagasimova ishdan olindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
“Shifokorlarning murojaati asosida olib borilgan xizmat surishtiruvi davrida lavozimdan chetlatishdi. Shu munosabat bilan 22-aprel kuni komissiya kelib, tekshiruv oʻtkazadi“, — deya bu haqda aytib oʻtgan Moldagasimovaning oʻzi.
U 182 nafar tibbiyot xodimi koronavirusni yuqtirib olganidan soʻng Markaziy shahar klinik shifoxonasi vrachlarining keskin tanqidiga uchragan edi.
Biroq tekshiruvlar davomida uning oʻrni boʻsh qoldirilmadi. Qozogʻiston sogʻliqni saqlash tashkilotining xabariga koʻra, Janbarbek Bekshin Almati shahri bosh sanitar vrachi lavozimiga tayinlangan.
Mart oyining boshigacha Bekshin mamlakatning bosh sanitar vrachi boʻlib ishlayotgan edi. U Qozogʻistonda koronavirusga chalingan birinchi bemor paydo boʻlishiga “va nihoyat“ degan soʻzlar bilan munosabat bildirgandi. Orada bir necha kun oʻtib ishdan boʻshatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring