Allergiya yoki changga sezuvchanligingiz boʻlsa koʻchaga chiqmang — poytaxt hokimligi
Bugun, 28-yanvar kuni poytaxtda kuchli shamol, yomgʻir, nam qor yogʻishi hamda havo haroratining pasayishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.
Bildirilishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining koʻpayishi kuzatilishi mumkin.
Hokimlik quyidagi tavsiyalarga alohida eʼtibor qaratishni soʻragan:
- avtomobillaringizni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
- koʻchada yurishni cheklang, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanligingiz boʻlsa;
- shahar boʻylab harakatlanishda ehtiyotkor boʻling;
- oʻzingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mulkingizni asrang.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkinligi eslatib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring