Aliya Yunusova bolalar ombudsmani boʻldi
Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosarini – Bola huquqlari boʻyicha vakilni saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimiga Aliya Tuygʻunovna Yunusova nomzodi taqdim etildi.
Majlisda senatorlar nomzodni bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring