Alisher Shodmonov Toshkentdagi virus oʻchoqlarini ochiqladi

09:39 08 Iyul 2020 Jamiyat
1146 0

Oxirgi 14 kunda koronavirus boʻyicha aniqlangan holatlarning 52 foizi chet eldan kelgan fuqarolarda, 48 foizi esa mamlakat aholi orasida aniqlangan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shоdmonovning Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Uning maʼlum qilishicha, Aholi orasida toʻy, turli marosim va oilaviy tadbirlar virusning tarqalishiga xizmat qilayapti. Masalan, 4 ta toʻyda 110 ta kasallik aniqlangan, bundan tashqari, birgina Yunusobod tumanida oʻtkazilgan toʻyda 79 kishi virus yuqtirib olgan. 30 kishilik limitga rioya etish uchun bir kunda uch marta toʻy qilgan.

Oxirgi bir oyda Oʻrikzorda 35 ta, Yunusobod bozorida 39 ta, Chorsuda 11 ta, Abu Saxiyda 47 ta, Chilonzor buyum bozorida 52 ta holatda virus aniqlangan. Qurilish tashkilotlarida 200 dan ortiq kishida virus qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер