Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri MDHning eng yaxshi opera teatrlari qatoriga kirdi
Xalqaro madaniyat kuni munosabati bilan bir guruh Rossiyalik mutaxassislar tomonidan tomoshabinlar orasida mashhurlik, saytlarining faoliyati va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translyatsiyalar boʻyicha MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi opera uylari reytingi tuzildi.
“TurStat” agentligi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi opera uylari roʻyxatini Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Katta teatr” boshlab berdi.
Ikkinchi oʻrinni Minsk shahridagi “ Belorusiya Katta teatri”, uchinchi oʻrinni esa Olma-Otadagi Abay nomidagi Qozoq davlat akademik opera va balet teatri egalladi.
Shuningdek, ekspertlar eng yaxshi opera uylari qatorida Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri, Nur-Sulton shahridagi “Ostona Opera” Davlat opera va balet teatri, Boku shahridagi M.F Axundov nomidagi Ozarbayjon opera va balet teatri, Yerevandagi A. Spendiarov nomidagi Arman akademik opera va balet teatri, Kishinyovdagi Mariya Biyeshu nomidagi Moldova Respublikasi Milliy opera va balet teatri, Bishkekdagi Abdilas Maldiboyev nomidagi Qirgʻiz milliy akademik opera va balet teatri, shuningdek, Dushanbe shahridagi Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatrlari qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring