Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida Alisher Navoiyning boy merosini oʻrganishni keng targʻib etish maqsadida Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi.
"Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Siz yaratgan mobil ilova (android) quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;
— Alisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, gʻazallar (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek tilida).
Tanlovda ishtirok etishni istagan dasturchilar 2021-yil 5-fevralgacha jamoa aʼzolari, bogʻlanish uchun telefon raqam, mobil ilova va mobil ilova haqida 200 soʻzdan oshmagan maʼlumotlarni tanlovlar@yoshlar.gov.uz manziliga yuborishlari zarur.
Tanlov gʻoliblari hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholanadi hamda gʻoliblar Apple MacBook Air 13 va diplom bilan mukofotlanadi" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring