Alisher bobo, sizni hamma ahmoq qiladi — Samarqandda Navoiy haykali poyida “oʻzini koʻrsatgan” yigit ishi sudga oshirildi

17:34 16 May 2021 Jamiyat
1977 0

Samarqandda Kattaqoʻrgʻon bogʻida joylashgan Alisher Navoiy haykali oldida nojoʻya harakat sodir etgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda yigit «Alisher bobo, sizni hamma ahmoq qiladi-da, ahmoq qilmanglar, aqlli, yaxshi odam boʻlgan bu odam», deya Alisher Navoiy haykaliga tupurganini koʻrish mumkin.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati maʼlumot berishicha, Kattaqoʻrgʻon shahridagi “A.Navoiy” nomidagi istirohat bogʻida mayda bezorilik sodir qilgan mazkur shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер