Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz — Shavkat Mirziyoyev

10:56 02 May 2024 Siyosat
340 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident bugungi anjuman global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanish yoʻlida xavf va tahdidlar kuchayib borayotgan davrga toʻgʻri kelayotganini qayd etdi.

Dunyo tartibotida chuqur transformatsiya jarayonlari kechmoqda. Tovar va xizmatlarni yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar, xalqaro savdoning pasayishi, investitsiya oqimlarining kamayishi, iqlim ofatlarining kuchayishi – vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol koʻrsatmoqda.

Jahon iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari soʻnggi uch yil davomida pasaymoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar bilan bogʻliq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti.

“Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz. Biroq bir oʻzgarmas haqiqat tobora oydinlashmoqda. Hech bir mamlakat bu kabi oʻtkir muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. Oʻzaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qoʻllab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni boʻlib qolaveradi”, — dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер