“Al-Nasr” klubi Ronaldusiz ham gʻalaba qozondi
Kecha, 6-fevral kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasi 21-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Al-Nasr” jamoasi oʻz maydonida “Al-Ittihod” klubini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimi ancha hujumkor ruhda oʻtdi. Jamoalar umumiy hisobda darvozalarga 15 ta zarba yoʻlladilar. Ammo oʻyinda hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlimning 84-daqiqasida Sadio Mane penaltidan hisobni ochdi. Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan oltinchi daqiqada esa Anjelo hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
Shu tariqa markaziy oʻyin “Al-Nasr”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu oʻyinda qozonilgan gʻalabadan soʻng “Al-Nasr” klubi turnir jadvalida 49 ochko bilan ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu klub siyosatiga nisbatan norozi boʻlgani sabab bu galgi oʻyinda ham maydonga tushmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring