“Al-Hilol” klubi Mbappe uchun yiliga 700 million yevro maosh to‘lamoqchi
Saudiyaning “Al-Hilol” klubi fransiyalik “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash niyatida. Manbalarga ko‘ra, Saudiya klubi fransiyalik futbolchiga 700 million yevro maosh bilan bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Oldinroq “Al-Hilol” “PSJ”ga 24 yoshli Mbappening transferi bo‘yicha 300 mln yevrolik rasmiy taklif bilan chiqqani haqida xabar berilgandi. Fransuz klubi o‘z hujumchisiga Saudiya jamoasiga o‘tish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga ruxsat bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring