“Al-Hilol” yirik hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 5-fevral kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasining 21-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasida oʻrin olgan oʻyinda “Al-Hilol” jamoasi “Al-Uхdud” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 6:0 hisobida amaldagi chempionning gʻalabasi bilan yakunlandi. Qishki transferlar oynasida “Al-Ittihod” klubidan “Al-Hilol”ga koʻchib oʻtgan Karim Benzema uchun yangi jamoasidagi dastlabki oʻyin juda omadli oʻtdi.
2022-yilgi Oltin toʻp sohibi bahs davomida 3 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Al-Hilol”ning qolgan 3 ta goliga Salem Al-Davsari (2 ta) va Malkom mualliflik qildi.
Ushbu gʻalabadan soʻng, Simone Inzagi boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida 50 ochko bilan birinchi oʻringa mustahkam joylashib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring