Akmaljon Isroilov oltin medalga sazovor boʻldi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida oʻtkazilayotgan “Strandja” turnirining erkaklar oʻrtasidagi final janglari davom etmoqda.
Ahamiyatlisi ushbu turnirning navbatdagi final bahsida hamyurtimiz Akmaljon Isroilov gʻolib chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
85 kgda ringga koʻtarilgan Akmaljon Isroilov ukrainalik Matvii Rajbaga qarshi bahs olib bordi va hakamlar qaroriga koʻra, 5:0 hisobida gʻolib boʻldi. Charm qoʻlqop ustamiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring