Akmal Maxmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi
Foto: Hasan Paydoyev/ «Xalq soʻzi»
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi.
Prezident Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Maxmudaliyev nomzodini tavsiya etdi.
Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Akmal Mahmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Yigʻilish davomida viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tumanlar hokimlarining rejalari tinglandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring