Uka o‘z akasining qotiliga aylandi
2 iyul kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tumanda yashovchi B.Q. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan akasi A.Q.ning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urishi natijasida A.Q. voqea joyida vafot etgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida B.Q. ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring