Ayrim viloyatlardagi maxsus sanoat zonalarining 240 gektar maydoni xorijiy kompaniyalarga autsorsing asosida boshqaruvga beriladi
Sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlash holati tahlil qilindi.
Oʻtgan yili bunga byudjetdan ajratilgan mablagʻning 30 foizdan ziyodi infratuzilmaga masʼul korxonalar, ayniqsa, hududiy elektr tarmoqlari loyihalar boʻyicha ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirmagani hamda moliyalashtirishdagi kechikishlar oqibatida ishlatilmay qolgan.
Davlatimiz rahbari hududlardagi shu kabi kamchiliklarni aniq misollar bilan koʻrsatib, infratuzilma uchun masʼul mutasaddilar va hokimlarning qurilish boʻyicha oʻrinbosarlarini qattiq ogohlantirdi.
Umuman, sanoat zonalarini rivojlantirish boʻyicha yangi tajriba amalga oshirilishi belgilandi.
Xususan, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatidagi maxsus sanoat zonalarining 240 gektar maydoni xorijiy kompaniyalarga autsorsing asosida boshqaruvga beriladi.
Joriy yilda maxsus iqtisodiy hududlarda 309 ta yirik loyihalarni ishga tushirib, 40 mingta ish joyi yaratish, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish muhimligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring