Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

03:34 12 Aprel 2023 Jamiyat
1136 0

Foto: Arxiv surat

Qonunchilikka koʻra, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

— kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

— toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

— nogironligi boʻlgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер