Ayrim quruvchilarga kafillik va kompensatsiya beriladi

17:35 09 Dekabr 2023 Jamiyat
246 0

Qonunchilikka koʻra, xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida — 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda — 7 va undan yuqori, qishloq joylarda — 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etilishi belgilangan.

Bunda:

— kompensatsiya — kredit summasidan qatʼiy nazar har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlanadi;

— kafillik — kredit summasidan qatʼiy nazar har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;

— kafillik va kompensatsiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер