Ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati koʻrinmayapti
Joriy yilda maktablar va maktab taʼlimiga 46 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish rejalashtirilgan.
Lekin, matematika, oʻqish va tabiiy fanlar boʻyicha oʻtkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali koʻpligini aniq koʻrsatdi.
Yoki, 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi.
Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1» darajaga ega boʻla olmayapti.
Shuningdek, ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati koʻrinmayapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring