Ayrim hollarda sotuvchi isteʼmolchiga penya toʻlaydi

15:33 14 Oktyabr 2023 Jamiyat
674 0

Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga 7 kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran 20 kun ichida almashtirib berishi shart.

Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda isteʼmolchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.

Ana shu muddatlarning oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) isteʼmolchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер