Ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin — DSQ
Soliq toʻlovchilarga elektron xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 28-noyabr 10:00 dan 23:00 gacha Davlat soliq qoʻmitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababli DSQ profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring