Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
Joriy yilning 30-yanvar kuni Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada kengaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF–15-son) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Oʻzbekistonning mazkur Farmon ilovasida belgilangan davlatlardagi elchixonalarining shtat jadvaliga qoʻshimcha ravishda madaniyat va turizm masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritiladi.
Ushbu lavozim xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekistonning madaniyat va turizm sohalaridagi tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan.
Maslahatchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi taqdimnomasiga muvofiq tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Maslahatchi tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga boʻysunadi va uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga koʻmaklashadi.
Maslahatchi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻiga hisobdor boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring