Ayrim dorilarni birga saqlash mumkin emas 

20:57 05 Avgust 2023 Jamiyat
997 0

Xushbo‘y mahsulotlarni bir-biridan alohida saqlash kerak, masalan, valerian va asrlonquyruq (pustirnik) nastoykasi, - dedi farmatsevtika fanlari nomzodi, fitokimyo bo‘yicha mutaxassis Igor Sokolskiy, deb yozadi aif.ru. 
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dorilarni birgalikda saqlash ularning xususiyatlariga ta’sir qilmaydi, balki yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
 
Mutaxassis, shuningdek, dori-darmonlarni tavsiya etilgan haroratda saqlash kerakligini eslatdi. Bu har qanday farmatsevtik mahsulot uchun muhim. Ular quruq, qorong‘i joyda, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlanishi kerak va hech qanday holatda ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida va namlik yuqori bo‘lgan xonada qoldirmaslik kerak. 
 
Umuman olganda, zamonaviy qadoqlash dori vositalarini tashqi muhit ta’siridan, shu jumladan bir-biriga o‘zaro ta’sir qilishdan ishonchli himoya qiladi, dedi Sokolskiy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер