Ayrim abituriyentlar Yuridik universitetga test sinovlarisiz qabul qilinadi
“Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomilashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYUU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega.
Hujjatda belgilanishicha:
“Huquq” taʼlim sohasi uchun davlat taʼlim standarti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
TDYUU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlar professor-oʻqituvchilari va boshqa xodimlari vazirliklar va idoralarning oʻquv, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati, shuningdek, shartnomalar doirasida koʻrsatiladigan xizmatlardan tashqari boshqa ishlarga jalb etilishi mumkin emas;
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotish, pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatishdan tushadigan barcha mablagʻlar, TDYUU va yuridik texnikumlarning rivojlantirish jamgʻarmalarida toʻplanadi, ular mazkur mablagʻlarni mustaqil ravishda tasarruf qiladi;
2020-yil 1-maydan boshlab TDYUU, yuridik texnikumlar va TDYUU qoshidagi akademik litseyning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablagʻlar elektron savdo maydonchasi operatori toʻlovini chegirib tashlagan holda, toʻliq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmalariga oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring