Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish ishlari qay ahvolda?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitalari hamkorligida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda Prezidentimizning 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining 6-bandi ijrosi yuzasidan mutasaddi vazirliklarning axboroti eshitildi.
Qayd etilganidek, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish, sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish eng ustuvor maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.
Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruvni joriy qilish boʻyicha izchil islohotlar olib borilmoqda.
Natijada oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarni tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimi takomillashtirilib, aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratilib, tez tibbiy yordam
Shuningdek, davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga muvofiq, olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinib, dastur doirasida ishga qabul qilinadigan shifokorlarning yashashi uchun sharoitlar yaratish, ularni moddiy
Shundan kelib chiqib, deputatlar bugungi kunda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish bilan birga, aholiga sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatish va sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur dori-darmonlar, tibbiy jihozlar bilan uzluksiz taʼminlashga alohida eʼtibor qaratib, soha faoliyati ustidan deputatlik va parlament nazoratini olib bormoqda.
Xususan, xalq vakillari tomonidan “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinishi holati vazirliklar taqdim qilgan maʼlumotlar asosida hamda Buxoro va Navoiy viloyatlari misolida joyiga chiqqan holda nazorat-tahlil tartibida oʻrganildi.
Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, mamlakatimiz olis va chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholining sifatli va qulay tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi mazkur dasturni joriy qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatga koʻra, 243
Hozirgi kunda dastur doirasida ishga qabul qilingan shifokorlarni xizmat uylari bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Qolaversa, respublika byudjeti hamda mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan 30 million soʻm miqdorida bir martalik pul mablagʻlari toʻlab berish yoʻlga qoʻyilgan.
Eshituvda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar aholiga qulayliklar yaratish barobarida, tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxshilashga xizmat qilishi aytilib, Dastur doirasida ish boshlagan, ijara uyiga joylashgan shifokorlarga ijara toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash lozimligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli qaror qabul qilindi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring