Aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

13:26 22 Noyabr 2023 Jamiyat
229 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qoʻrgʻontepa koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 2 155 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Peshku tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Vobkent koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 455,7 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер