Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident Konstitutsiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega boʻlishi toʻgʻrisidagi yangi moddalarni kiritish lozimligini taʼkidladi.
Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi.
Kelasi yilda Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.
Dastur doirasida, birinchi navbatda, turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi.
Bundan tashqari, jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo oʻzgaradi.
Toshkent shahri uchun qoʻshimcha 1 mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.
Hududlarda ham yoʻlovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1 mingta avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring