“Ahmadboy ishi” boʻyicha toʻrtinchi ochiq sud hukmi eʼlon qilindi

19:08 12 Fevral 2020 Jamiyat
1035 0

Arxiv surat

2020-yil 12-fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini koʻrib chiqish boʻyicha toʻrtinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

Ahmadjon Tursunboyev Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan aybli deb topildi va unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga Oʻzbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudining 2019-yil 28-oktyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qoʻshib, uzil-kesil oʻtash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan muddati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 12-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan toʻrtdan bir qismiga qisqartirildi.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlandi. Jazoni oʻtash muddati 2016-yil 16-iyundan boshlab hisoblanadi.

A.Tursunboyevga qoʻllanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi oʻzgarishsiz qoldirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер