Agronomlarni kaltaklagan shaxslar ushlandi
Qoraqalpogʻiston. 2020-yilning 13-may kunidan 14-may kuniga oʻtar kechasi soat 03:00 da nomaʼlum shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Moʻynoq tumani “Boʻzataoʻ” OFY “Shagʻirli-Porlitaoʻ” yoʻlining 6-7 kilometri oraligʻida joylashgan palatka ichida uxlab yotgan agronomlar Namangan viloyatida yashovchi 59 yoshli G.M. va Toshkent viloyatida yashovchi 57 yoshli D.K., larni urib, ularga qasddan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Natijada G.M. va D.K., lar olgan tan jarohatlari bilan Moʻynoq tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Moʻynoq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Moʻynoq tumani “Bozataoʻ” OFYda yashovchi fuqarolar 21 yoshli K.S., 26 yoshli A.S. va 19 yoshli N.R, lar sodir etganliklari aniqlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha K.S., A.S. va N.R. lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganlar.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring