«Agrobank»ning tuman filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalar yarim milliardga yaqin kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani maʼlum boʻldi

15:55 02 Fevral 2021 Iqtisodiyot
1191 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB «Agrobank» Mirzaobod filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalar soxta hujjatlar asosida bir necha shaxslaring nomiga jami 458,5 mln soʻm kredit mablagʻlarini rasmiylashtirib talon-toroj qilganliklari, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер