Agentlik tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar 11 mingtaga kamayishiga erishildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining 30 ga yaqin masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda tadbirkorlik faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlar yuzasidan tekshiruvchilarga belgilangan talablar, ushbu sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Agentlik masʼul xodimlari bugungi kunda amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, 2023-yil 6 oyi davomida agentlik tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar oʻtgan yil shu davriga nisbatan 11 mingtaga kamayishiga erishilganligi qayd etildi.
Tadbirkorni tekshirib, uni jazolashdan koʻra ularning faoliyatida qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻz natijasini koʻrsatib, tekshiruvlar kamayishiga erishilganligi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring