Afrikada koronavirusning 34 ta mutatsiyasi aniqlandi. Ular qanchalik xavfli?

15:14 13 Aprel 2021 Dunyo
1177 0

Illyustrativ foto

Angola aeroportida sayohatchilardan koronavirusning 34 ta mutatsiyasi aniqlangan. 

Bu haqda Afrikada kuzatishlar olib borayotgan olimlar tomonidan maʼlum qilindi. Taʼkidlanishicha, ular Tanzaniyadan kelgan sayyohlar orasida aniqlangan.

Koronavirus ushbu shtammiga vaqtincha "A.VOI.V2» deb nomlandi. Olimlarning fikriga koʻra, ushbu mutatsiyalarning barchasi virusning antitanachalarga chidamliligini oshirishi va uning yuqtirish qobiliyatini kuchaytirishi mumkin.

Avvalroq, Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyaga boshqa davlatlardan kirib kelgan fuqarolarda koronavirusning qariyb 200 mutatsiyasi aniqlanganini maʼlum qilgan edi.

“Virusning 193 ta mutatsiyasi aniqlandi, shundan 49 tasi qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladi”, degan edi oʻshanda Papova.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер