Afrika ikki qismga boʻlinadi, ular orasidan okean oʻtadi — olimlar
Kelajakda Afrika qitʼasi ikki qismga boʻlinadi. Bu haqda olimlar tektonik plitalar harakatlanishini tahlil qilish natijalariga asosan maʼlum qilishdi, deb yozadi Sputnik.
Olimlarning soʻzlariga koʻra, bu jarayon ayni vaqtda yuz bermoqda. Buni bir necha yil oldin Keniyaning janubi-gʻarbiy qismida toʻsatdan paydo boʻlgan yoriq tasdiqlaydi. Uning uzunligi bir necha kilometrga, chuqurligi 15 metr va kengligi 20 metrgacha yetadi.
Bundan tashqari, Efiopiyaning Afar mintaqasida shunga oʻxshash yoriq mavjud. U bir vaqtning oʻzida turli yoʻnalishda asta-sekin harakatlanadigan uchta tektonik plitalarning birlashmasida joylashgan.
2005-yilda hosil boʻlgan yoriq har yili kengaymoqda. Ayni vaqtda uning uzunligi 56 kilometrga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring