Afg‘onistonlik investorlar Nishon tumanida soya yetishtirishga kirishdi
Afg‘onistonlik investor Shahidulla Yusufiy tomonidan ochilgan "Afgan agro group" xorijiy korxonasi Nishon tumanida lalmi yerlarda soya o‘simligini parvarishlash va unday yog‘ ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Xorijiy korxona uchun tumanning “Oq oltin MFY hududidan 450 gektar yer ajratib berildi.
-Hozirgi kunda xorijiy investorlar ajratilgan yerga 4 kilometr masofada suv quvurlarini tortish hamda tomchilatib sug‘orish uskunalarini o‘rnatish ishlarini olib bormoqda,- deydi Nishon tumani investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Islom Choriyev. – Loyiha bo‘yicha afg‘onistonlik investorlar Nishon tumanida soyani qayta ishlash uskunalarini olib kelib o‘rnatishadi. Ishlab chiqarilgan tayyor yog‘ mahsuloti bejirim idishlarda qadoqlanib, eksportga yo‘naltiriladi. Tabiiyki, bu jarayonlar amalga oshgach, o‘nlab yangi ish o‘rinlari ochiladi.
Faxriddin BOZOROV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring