Afgʻonistonlik investor bilan hamkorlikda Narpayda kovrak yetishtiriladi
Narpay tuman hokimi afgʻonistonlik investor Qurban Knodaidad bilan uchrashuv oʻtkazgan. Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, investor tumanga 100 ming dollar miqdorida investitsiya kiritish istagini bildirgan. Investor tumanda “Taxxor nur omad” MCHJ bilan hamkorlikda 200 gektar maydonda dorivor kovrak oʻsimligini yetishtirishni rejalashtirmoqda.
Taʼkidlanishicha, keyinchalik ular yana shuncha miqdorda investitsiya kiritib, kovrak ekish, parrandachilik va chorvachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish niyatida.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring