Afg‘onistondagi qayiq halokati sabab 25 kishi cho'kib ketdi

20:16 01 Iyun 2024 Dunyo
718 0

Afgʻoniston sharqidagi Nangarhor viloyatidagi daryoda qayiq agʻdarilib, 25 kishi suvga choʻkib ketgan. Ular orasida bolalar ham boʻlgani aytilmoqda. Qishloq aholisining soʻzlariga koʻra, 5 nafar yoʻlovchi qutqarilgan.

Nangarhor sogʻliqni saqlash boshqarmasi bayonotida aytilishicha, hozirgacha beshta jasad topilgan. Hududga tibbiy guruh va tez yordam yuborilib, qolgan yoʻlovchilar qidirilmoqda.

Afgʻoniston matbuotiga koʻra, hudud aholisi koʻprik yoʻqligi sababli qishloqlar va mahalliy bozorlar oʻrtasida oddiy qayiqlardan foydalanishadi. Shu bilan birgalikda Afgʻonistonda soʻnggi haftalarda yogʻayotgan kuchli yogʻingarchilik tufali yuzlab odamlar halok boʻlishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер