Afgʻonistondagi madrasalardan birida portlash sodir boʻldi qurbonlar bor
Foto: AP
Afgʻonistonning Xost viloyatidagi diniy maktabda sodir boʻlgan portlash oqibatida 7 kishi halok boʻldi. Bu haqda “Urdu Point” xavfsizlik idoralariga tayanib xabar bermoqda.
Afgʻoniston muvaqqat hukumati Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Mazxar al-Ulyum madrasasida talabalar yigʻini paytida bomba portlatilgan. Oqibatda yetti kishi halok boʻlgan, 15 nafardan ortiq odam jarohatlangan.
Avvalroq, Kobuldagi masjidlardan birining kirish joyi yaqinida portlash etilgan edi. Xunrezlik oqibatida ikki kishi halok boʻlib, uch kishi jarohat olgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring