Afgʻonistonda ikkita vertolyot toʻqnashib ketdi
Afgʻoniston harbiy havo kuchlariga qarashli ikkita vertolyot mamlakat janubidagi Gilmend provinsiyasida bir-biri bilan toʻqnashib ketib, halokatga uchragan. Mahalliy TOLONews xabariga koʻra, ushbu fojia oqibatida kamida 15 kishi halok boʻlgan.
Voqea 13-oktyabr kuni Nava tumanida roʻy berdi. Maʼlumotlarga koʻra, vertolyotlar xavfsizlik xizmatining yarador xodimlarini olib ketayotgan edi.
Afgʻoniston mudofaa vazirligi hozircha hodisaga izoh bermagan.
Gilmend gubernatori Omar Svak ham Nava hududida mazkur halokat roʻy berganini tasdiqlagan, ammo uning tafsilotlari haqida toʻxtalib oʻtmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring