Afgʻoniston yoʻnalishidagi munosabatlarining holati va istiqbollari muhokama qilindi

16:35 22 Fevral 2022 Siyosat
1240 0

Foto: mfa.uz

Bugun, 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha Maxsus vakili Teri Xakala hamda YEIning Afgʻoniston boʻyicha Maxsus elchisi Tomas Niklassonni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqining Afgʻoniston yoʻnalishidagi munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ertaga, 23-fevral kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari maslahat uchrashuvining tashkiliy jihatlari va kun tartibidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻon inqirozini hal qilishda xalqaro hamjamiyatning yaxlit yondashuvini ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

Yevropa Ittifoqi vakillari Oʻzbekistonning Termiz shahrida Afgʻonistonga insonparvarlik yordam yetkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha xalqaro xab tashkil etish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Turli darajadagi boʻlajak ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar jadvali boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер