“Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni amalga oshiradi
Foto: Illustrativ surat
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg — Toshkent va Sankt-Peterburg — Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yoʻlovchi reysi 17-dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16-dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, reys 2022-yil 16-dekabrdan 20-dekabrga koʻchirildi.
“Aeroflot — Rossiya havo yoʻllari” shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, “Rossiya” aviakompaniyasi va “Pobeda” loukoster aviakompaniyalari kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring