Adolatli, xalqparvar, mehnatkash: Bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi
Ayni paytda parlament quyi palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq, davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida qonun hujjatlarini takomillashtirishda, joylarda saylovchilar bilan ishlashda, Qonunchilik palatasi faoliyatini OAVda yoritishda faollik koʻrsatgan bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi.
Shuhrat Togʻaymuratovich Polvonov — “Adolatli deputat”;
Maqsuda Azizovna Varisova — “Mehnatkash deputat”;
Rasul Xidraliyevich Kusherbayev — “Xalqparvar deputat”;
Polyante Gramitonovich Sveshnikov — “Faxriy deputat”.
Mazkur maqomlarga sazovor boʻlgan deputatlar hamda sobiq deputatlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring