“Adolat” SDP qiynalgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha taklifini Bosh vazirga yubordi

17:16 14 Aprel 2020 Siyosat
1431 0

Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi Maqsud Qurbonboyev ayni hozirda tang ahvolda qolgan uch toifadagi (ijarada yashayotgan, kundalik daromadga qarab qolgan oilalar va xorijdagi migrantlarimiz oilasi) oilalarga foizsiz ssudalar, mikroqarzlar ajratilishi lozimligi toʻgʻrisida taklif bilan chiqqan edi.

Koʻp sonli internet tarmogʻi foydalanuvchilari deputatning mazkur taklifi oʻrinli ekanligini eʼtirof etib, ushbu takliflarni qoʻllab-quvvatladilar.

“Adolat“ SDP fraksiyasining boshqa aʼzolari tomonidan maʼqullangan ushbu taklif joriy yilning 13-aprel kuni Bosh vazirga joʻnatildi.

Maqolada tilga olingan aholi qatlamlariga moddiy koʻmak berish masalasi endi hukumat doirasida koʻrib chiqiladi.

“Adolat” SDP Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер